«Barselona» keyingi mavsumda ham o'yinchilar maoshini qisqartirishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 306

«Barselona» klubi o'yinchilar maoshlarini yana qisqartirishi mumkin. ESPN tarqatgan xabarga ko'ra, jamoa byudjetini barqaror ko'rinishga keltirish uchun 200 million evro miqdorida pulni tejashi shart.
Shu bois, «Barsa» futbolchilardan nafaqat ushbu mavsumning qolgan qismi uchun, balki keyingi mavsumda ham kamroq maosh olishga rozi bo'lishlarini so'raydi.
Hozircha "ko'k-anorranglilar" o'yinchilari koronavirus pandemiyasi tufayli mavsumning qolgan qismi uchun maoshlarning 70 foizga qisqartirilishiga rozi bo'lishgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
257