"Tottenxem" futbolchisi: «Mourino APLni yutishga tayyorgarlik ko'rmoqda»
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 248

Londonning «Tottenxem» klubi futbolchisi Rayan Sessenon jamoa bosh murabbiyi Joze Mourinoga yuqori baho berdi.
«Yosh futbolchi sifatida aynan mana shunday murabbiy qo'l ostida o'ynashni xohlagandim. Mourino allaqachon o'z hayotida ko'plab voqealarni ko'rgan va u sizga qanday xatolardan qochish kerakligini aytib bera oladi. Bu kuchli bo'lishingga yordam beradi.
Joze yangi mavsumda jamoa bilan mutlaqo boshqa darajaga chiqishni maqsad qilgan. O'ylaymanki, bizda APLning dastlabki uch o'rinlaridan birini qo'lga kiritish imkoniyatimiz bor. Biz kuchli jamoamiz va etakchi futbolchilarimiz jamoani tark etmasa, kelasi mavsum yanada kuchli bo'lamiz. Joze Mourino biz bilan APLni yutishga tayyorgarlik ko'rmoqda», — dedi Rayan Sessenon.

Bosh sahifaga
208