«Milan» direktorlaridan biri klubni sudga bermoqchi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 226

Tuttosport portalining tarqatgan ma'lumotiga qaraganda, Italiyaning "Milan" klubi ijrochi direktori Zvonimir Boban klubni sudga berish niyatida.
Manbaning tarqatgan ma'lumotiga qaraganda, xorvatiyalik mutaxassis o'zining klubdan ketishini adolatsizlik deb hisoblaydi va kompensatsiya undirishga erishmoqchi.
«Milan» Bobanning ketganini shu yilning mart oyida rasman e'lon qilgan edi. Xabar qilinishicha, Bobanning ketishiga sabab - klub funktsioneri Ivan Gazidis kelasi mavsumda jamoaga bosh murabbiy etib Ralf Rangnikni olib kelish borasida maxfiy muzokara olib borgani bo'lgan.
Eslatib o'tamiz, Boban «Milan» klubida 2019 yilning iyun oyidan beri ishlab kelayotgandi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
206