«Yuventus» futbolchisi La Ligaga yo'l olishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 205
Futbolchi «Keksa sinoralar»ning muhim o'yinchisiga aylana olmadi.
Ispaniyaning «Valensiya» klubi Turinning «Yuventus» klubi himoyachisi Mattia De Shiloga xaridor bo'lmoqda, deya xabar tarqatyapti Calciomercato.
27 yoshli Italiya terma jamoasi himoyachisi joriy mavsumda «Yuve» tarkibida atigi 12 ta uchrashuvda maydonga tushdi, xolos. Shu sabablioxirgi paytlarda De Shiloning boshqa klubga o'tishi haqida xabarlar ko'payib ketmoqda.
Avvalroq, «Yuventus» o'z futbolchisini «PSJ» klubiga sotishdan bosh tortgani haqida xabarlar tarqatilgandi.
De Shiloning «Yuventus» bilan amaldagi shartnomasi 2022 yilning 30 iyun kuniga amal qiladi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!