Niderlandiyada qachongacha futbol bo'lmasligi ma'lum qilindi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 368
Niderlandiya bosh vaziri Mark Ryutte mamlakatda koronavirus pandemiyasi sababli to'xtatilgan futbol haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
Ryutte matbuot anjumanida mamlakatda futbol kamida 1 sentyabrgacha bo'lmasligini aytib o'tdi. O'yinlar hatto muxlislarsiz ham o'tkazilmasligini ta'kidlab o'tdi.
Niderlaniya Qirollik futbol ittifoqi UEFA bilan hamkorlikda qaysi klublar evrokubok bahslarida ishtirok etishini aniqlanadi. Niderlandiyaliklar turnir jadvalining hozirgi kungi ko'rinishidan foydalanmoqchi. Ayni paytda "Ayaks" klubi turnir jadvalini boshqarib turibdi. Lekin, amsterdamliklar chempion deb e'lon qilinmaydi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!