Mertens "Napoli"ning azaliy raqibi safiga o'tishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 227

Sport Mediaset portalining tarqatgan ma'lumotiga qaraganda, Turinning "Yuventus" klubi bosh murabbiyi Mauritsio Sarri avvallari o'zining qo'l ostida to'p surgan futbolchilarni hozirgi jamoasiga taklif qilishda davom etmoqda.
Sarri "Chelsi" klubi yarim himoyachisi Jorjino ortida endi "Napoli" hujumchisi Dris Mertensni jamoaga olib kelishni klub rahbariyatidan talab qilmoqda.
"Napoli" klubining belgiyalik futbolchisining shartnomasi ushbu yilning yozida o'z yakuniga etadi, shuning sababli, u yangi jamoasiga erkin agent sifatida o'tishi mumkin.
Lekin bir narsani unutmaslik kerakki, Mertens "Napoli" klubiga nisbatan hurmatini saqlagan holda, "Yuventus" klubiga emas, balki, ko'proq "Inter" safiga o'tishi kutilmoqda.

Bosh sahifaga
248