Milik yangi klubi bilan kelishib oldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 226
“Napoli” hujumchisi Arkadiush Milik “Yuventus” bilan shartnoma borasida kelishib oldi. Bu haqda Radio Kiss Kiss xabar tarqatmoqda.
Manbaning xabariga ko'ra, hujumchi turinliklar bilan shaxsiy shartnoma borasida kelishib oldi. Endi “Yuventus” futbolchi borasida “Napoli” bilan kelishsa bo'lgani. Avvalroq, “Yuve” Milik transferiga Federiko Bernardeskini qo'shib berishi to'g'risida xabarlar tarqalgandi.
Eslatib o'tamiz, Milikning “Napoli” bilan shartnomasi 2021 yilda yakuniga etadi. U “adzurrilar” bilan yangi shartnoma imzolashni xohlamayapti.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!