"Inter" "Napoli" hujumchisiga ikki yillik shartnoma taklif qildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 215
“Inter” “Napoli” hujumchisi Dris Mertens bilan shartnoma imzolamoqchi. Milanliklar futbolchi borasida taklif ham yuborishdi.
Jurnalist Nikola Skiraning xabar berishicha, “Inter” futbolchiga ikki yillik shartnoma taklif qilmoqda. Mertens yangi klubida bonuslardan tashqari yiliga 6 million evro ishlab topishi mumkin.
Ma'lumot uchun, Mertensning nepolliklar bilan shartnomasi mavsum yakunida nihoyasiga etadi. U “neradzurrilar” safiga tekinga o'tishi mumkin.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!