Messi bilan mojaroga borgan Abidal "Barselona"dan ketishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 374

"Barselona" sport direktori Erik Abidal Frantsiyada ish boshlashi mumkin. Bu haqda "RMC Sport" xabar tarqatdi.
Manbaga ko'ra, Abidal "Lion"da ham sport direktoriga aylanishi mumkin. Uni frantsuz jamoasining hozirgi sport direktori Junino taklif qilmoqda.
Xabarlarga ko'ra, Abidalning "Barselona"dan ketishiga Messi bilan yuzaga kelgan mojaro sabab bo'lishi mumkin.
Eslatib o'tamiz, Abidal qishda sobiq murabbiy Valverde qo'l ostida ayrim futbolchilar o'z imkoniyatlarini to'liq namoyish eta olmadilar, deya fikr bildirgandi. Messi esa Abidalning fikriga qarshi chiqib, uni inkor etgandi.
Manba: soccernews.ruFikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
216