"Haqiqiy afsungarlik": "Real" o'sha mashhur fintni yodga oldi (VIDEO)
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 843

Bugun, 19 aprel kuni argentinalik sobiq futbolchi Fernando Redondoning mashhur fintiga 20 yil bo'ldi.
2000 yil 19 aprelda "Old Trafford"da "Manchester Yunayted"ga qarshi Chempionlar ligasi chorak finalining ikkinchi uchrashuvida "Real" safida o'ynagan Redondo mankunianliklar himoyachisi Xenning Bergni qanotda noodatiy fint bilan ortda qoldiradi, shundan so'ng u jarima maydonchasiga kirib boradi. So'ng oldingi chiziqdan bo'sh qolgan Raulga to'pni uzatadi. Raul esa ochiq darvozaga gol kiritdi. O'sha o'yinda "Real" 3:2 hisobida g'alaba qozondi va ikkita o'yin natijasiga ko'ra yarim finalga chiqdi.
"20 yil oldin ... Haqiqiy afsungarlik", — deb yozdi "Real" videoga bergan izohida.
Posmotret etu publikatsiyu v Instagram
Publikatsiya ot Real Madrid C.F. (@realmadrid) 19 Apr 2020 v 6:30 PDT
Manba: sport24.ru
Bosh sahifaga
212