«L'Equipe» Frantsiya termasi tarixidagi ramziy jamoani e'lon qildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 387

"L'Equipe" gazetasi muxlislarning ovozlari natijasida Frantsiya termasi tarixidagi ramziy jamoani tuzib chiqdi.
O'quvchilarga har bir pozitsiya bo'yicha 4 nafardan o'yinchidan birini tanlash taklif etildi. Ramziy jamoaning 9 nafari 1998 yilda jahon chempionligini va Evro-2000 g'olibligini qo'lga kiritgan futbolchilardan iborat. JCh-2018 yilda g'olib chiqqanlardan esa ikki nafari ramziy jamoadan o'rin oldi. Bular — hujumchi Kilian Mbappe hamda bosh murabbiy – Dide Desham.
"L'Equipe" o'quvchilari versiyasiga ko'ra Frantsiya termasi tarixidagi ramziy jamoa quyidagicha ko'rinishda bo'ldi:
Darvozabon: Faben Bartez
Himoyachilar: Lilian Tyuram, Loran Blan, Marsel Desayi, Biksant Lizarazyu
Yarim himoyachilar: Patrik Vieyra, Zayniddin Zidan, Mishel Platini, Dide Desham
Hujumchilar: Terri Anri, Kilian Mbappe.


Bosh sahifaga
235