Rossiya chempionatini qayta boshlash bo'yicha rejalar ma'lum qilindi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 283

Rossiya premer-ligasi rasmiy sayti muxlislar va jurnalistlar tomonidan berilgan savollarga javob berdi. Eslatib o'tamiz, Rossiya chempionati koronavirus pandemiyasi tufayli 31 mayga qadar to'xtatilgan.
— RPL qachon qayta boshlanadi?
— Hukumat cheklovlarni bekor qilishi bilan mavsumni qayta davom ettiramiz.
— RPL chempionatni davom ettirishga qay tariqa tayyorgarlik ko'rmoqda?
— RPL rahbariyati Rossiya futbol ittifoqi bilan birgalikda FIFA, UEFA va boshqa futbol tashkilotlari tomonidan o'tkazilayotgan videokonferentsiyalarda ishtirok etyapmiz. Doimiy ravishda yangilanayotgan xabarlar asosida ushbu mavsum va kelasi mavsum taqvimining turli variantlarini ko'rib chiqyapmiz. Hozircha iyun oyi o'rtasidagi haftadan iyul oyi o'rtasigacha bo'lgan oraliqda boshlashni rejalashtiryapmiz. Mavsumning boshlanish sanasi koronavirusning tarqalishi va hukumatning qaroriga bog'liq.
— Qolgan o'yinlar muxlislarsiz o'tkazilishi mumkinmi?
— Ha, bunday ehtimol mavjud. Ishqibozlarsiz o'yin yomon ekanini tushunib turibmiz. Boshqa imkoniyatimiz bo'lmasa, shunday yo'l tutishga majburmiz.
— Chempionatni hozir yakunlab qo'ysa bo'lmaydimi?
— UEFA barcha ligalarga mavsumni oxiriga etkazishni maslahat berdi. Sport printsiplari orqali chempion, evrokuboklar ishtirokchilari, chempionatni tark etadigan jamoalar aniqlanishi kerak.
— Futbolchilar mavsumga qay tariqa tayyorgarlik ko'rishadi?
— Chempionat qayta boshlanishidan 3 hafta avval futbolchilarga tayyorgarlikni boshlashadi.

Bosh sahifaga
217