«Roma» murabbiylari va futbolchilari 4 oylik maoshdan voz kechishdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 368
«Roma» klubining Paulu Fonseka boshchiligidagi murabbiylar shtabi va birinchi jamoa futbolchilari 4 oylik maoshdan voz kechishdi. Ular mart, aprel, may va iyun oylarida maosh olishmaydi.
Bu orqali rimliklar koronavirus pandemiyasi keltirib chiqargan iqtisodiy inqirozni engib o'tishga harakat qilishadi. Klub matbuot xizmati tarqatgan xabarga ko'ra, rahbariyat ushbu davrda maoshning bir qismidan voz kechadi.
"Roma" Italiya chempionatining ushbu mavsumida 45 ochko bilan jadvalda 5-o'rinni egallab turibdi.
Avvalroq, «Yuventus» futbolchilari 4 oylik maoshdan voz kechishgan edi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!