Urganchda murabbiylar malakasini oshirishga qaratilgan seminar bo'lib o'tmoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 5730
O'zbekiston futbol assotsiatsiyasi tomonidan mamlakatimizdagi murabbiylarning malakasini muntazam ravishda oshirib borish va murabbiylik sohasini rivojlantirish maqsadida turli seminarlar o'tkazib kelinmoqda.
Jumladan, Urganch shahrida Xorazm viloyati va Qoraqalpog'iston Respublikasi bolalar-o'smirlar futbol akademiyalari murabbiylarining malakasini oshirish maqsadida seminar o'tkazilmoqda.
Mazkur seminar O'FA Murabbiylar tayyorlash boshqarmasi direktori Shavkat Imamov tomonidan olib borilyapti. Seminar yakunlari bo'yicha qatnashchilardan imtihonlar olinadi. Imtihonlardan muvaffaqiyatli o'ta olmagan murabbiylarning sertifikat va litsenziyasi bekor qilinadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!