Xalk: "Sobiq rafiqam uchun 134 million evro?"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 577
“Shanxay SIPG” klubining braziliyalik hujumchisi Xalk mahalliy jurnalist Leo Diasga murojaat qildi.
“Sen o'tgan safar mening yangi ayolim homiladorligi haqida so'raganding. Men buni rad etdim, sen esa bu haqida so'rashda davom etding. Endi esa qandaydir pul haqida ma'lumotlar paydo bo'lyapti.
134 million evro? Qaerdan bu? Sen bunaqa ma'lumotlarni qaerdan olasan? Menda buncha pul yo'q. Qo'rqinchli raqamlar”, - deydi Xalk.
Eslatib o'tamiz, avvalroq Xalkning sobiq rafiqasi undan 134 million evro so'rayotganligi to'g'risida xabarlar tarqalgandi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!