Italiyada futbol mavsumi taqdiri 22 aprel kuni hal bo'ladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 278
Italiya sport vaziri Vinchentso Spadafora 22 aprel kuni mamlakat futbol federatsiyasi va barcha ligalar rahbarlari bilan videokonferentsiya o'tkazadi.
Unda A seriya, V seriya, Lega Pro, professional futbolchilar assotsiatsiyasi, futbol hakamlari assotsiatsiyasi va sport meditsinasi federatsiyasi rahbarlari ishtirok etishadi.
Hozircha klublar 4 maydan boshlab mashg'ulotlarni kichik guruhlarga bo'lingan holda tashkil etishni, may oyi so'ngida esa mavsumni qayta davom ettirishni rejalashtirishmoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!