«Arsenal» o'yinchilari bilan psixolog shug'ullanmoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 323
«Arsenal» bosh murabbiyi Mikel Arteta ma'lum qilishicha, karantin paytida futbolchilar psixolog bilan mashg'ulot o'tashmoqda.
«Bizda psixolog bor. U o'yinchilar bilan doimo shug'ullanadi. Kelasi mavsum uchun tarkib tuzish maqsadida murabbiylar shtabi hozirda skautlar bilan ko'p uchrashuvlar o'tkazyapti. Bizda ikkita yoki uchta variant bor. Ularning har biriga tayyor bo'lishimiz kerak», – dedi Arteta "Daily Star" nashriga bergan intervyusida.
Angliya chempionatining 26-turidan keyin «Arsenal» 40 ochko bilan jadvalda 9-o'rinni egallab turibdi. 38 yoshli Arteta 2019 yilning 22 dekabr kuni jamoani qabul qilib olgan edi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!