Endi Yaxshiboevning o'yinlarini Italiyada ham tomosha qilishadi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 408

Jasur Yaxshiboev to'p surayotgan Belorussiya chempionatining 5-tur o'yinlaridan boshlab Italiyada ham tomosha qilishadigan bo'ldi deya xabar bermoqda Tuttomercatoweb.com sayti.
«Portalimiz muxlislarga hozirgacha davom etayotgan chempionatlarni kuzatib borish imkoniyatini taqdim etadi», – deyiladi sayt bayonotida.
Eslatib o'tamiz, Belorussiya chempionati koronavirus sababli Evropada to'xtatilmagan yagona chempionat hisoblanadi.
Shuningdek, Nikaragua, Tojikiston va Tayvan chempionatlari ham davom ettirilmoqda. 19 apreldan Turkmanistonda yangi chempionat start oladi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
237