«Portu» prezidenti: «MYu» Mourinoga taqiq qo'ygan»
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 460
Portugaliyaning «Portu» klubi prezidenti Pintu Da Koshtaning fikricha, u jamoaga Joze Mourinoni qaytarishga harakat qilganini aytib o'tdi.
«Bir necha mavsum ilgari biz bosh murabbiysiz qolgan edik, shu sababli, men mavsum o'rtalarida Joze Mourino bilan bog'langandim, ammo, uning «Manchester Yunayted» klubi bilan kelasi mavsum oxirigacha shartnomasi bor edi.
Biz mavsumni muvaffaqiyatli yakunlash niyatida Jozedan «Portu»ga yarim yilga kela olishini so'ragandim. Joze rozi bo'lgandi va kelishga tayyorgarlik ko'rayotgandi, biroq «Manchester Yunayted» rahbariyati unga taqiq qo'yib qo'ygandi. Chunki, o'sha mavsumda «Portu» ham, «MYu» ham Evropa Ligasida ishtirok etayotgandi. "Qizil iblislar" rahbariyati bizni raqib sifatida qabul qilgandi.
Mourino bilan birga ishlashga tayyor edi va o'ylaymanki, bu yaxshi ko'rsatkich. Afsuski, u bilan birga ishlash nasib qilmadi, lekin kelajakda albatta yana bir bor urinib ko'raman», — dedi Pintu Da Koshta.