"Manchester Siti" futbolchisi MLSga yo'l olishga tayyor
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 258
Angliyaning «Manchester Siti» klubi yarim himoyachisi Ilkay Gyundogan AQShning MLS klubida o'ynashni xohlashini va u taraflardan takliflar kelishini kutayotganini tan oldi.
«Menga AQSh yoqadi, shu sababli, bir kun kelib bu erga kelaman. Men MLS klublaridan takliflarni olishga tayyorman, ammo, hozircha hech qaysi klubdan taklif tushmadi. Qolaversa, hali «Manchester Siti» klubi bilan shartnomam bor.
Shuni aniq aytishim mumkinki, MLS – mening kelajagim. Bu erdagi liganing tizimi Evropanikiga qaraganda ancha yaxshi.
Agar Sizning MLS klublari bilan aloqangiz bo'lsa, u holda meni tavsiya qiling. Men ular bilan muzokara olib borishdan xursand bo'laman», — dedi Ilkay Gyundogan AQShning xususiy telekanallaridan biriga bergan intervyusida.
Gyundoganning "shaharliklar" bilan amaldagi shartnomasi 2023 yilning yozida o'z yakuniga etadi.