«Arsenal» futbolchilari 1 yil davomida maoshlarning kamayishiga rozi bo'lishdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 279

Londonning "Arsenal" klubi futbolchilari o'z maoshlarining bir yil davomida kamaytirilishiga rozi bo'lishdi. O'yinchilar kelasi yilning mart oyiga qadar maoshlarning 12,5 foizidan voz kechishdi. Bu haqda "The Times" xabar tarqatdi.
Shu tariqa, "kanonirlar" o'yinchilar maoshini qisqartirishga muvaffaq bo'lgan Angliya premer-ligasining dastlabki jamoasi bo'ldi.
Eslatib o'tamiz, o'tgan hafta "Arsenal" futbolchilari rahbariyatning bu taklifiga qarshilik qilishgan edi. Ammo vaziyatga klub bosh murabbiyi Mikel Arteta aralashganidan keyin tomonlar murosaga kelishdi.
Manbaga ko'ra, "Chelsi" maoshlarni 20 foizga kamaytirish borasida futbolchi bilan muzokara olib bormoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
198