«O'lmas iqtiboslar»: Jorj Best
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 389
E'tiboringizga "O'LMAS IQTIBOSLAR" loyihasining navbatdagi sonini taqdim etamiz. Bu safar "MYu" va Shimoliy Irlandiya terma jamoasi yarim himoyachisi, "Oltin to'p" sohibi (1968) Jorj Best tomonidan aytilgan iqtiboslarni o'qishingiz mumkin.
“Hakamning o'yinni yakunlovchi xushtagini o'lgudek yomon ko'raman. Chunki agar yaxshi o'ynayotgan bo'lsam, buning tugamasligini istayman. Hech narsa qovushmayotgan bo'lsa, hammasi joyida bo'lguncha ko'nglim joyiga tushmaydi” “Men hech qachon ser Alf Remsining to'psiz harakatlanish va pressing qilish haqidagi nazariyasini qabul qilmayman. Men futbolchiman, demak to'p menda bo'lishi shart” “1969 yilda ichkilik va ayollarga o'ralashib qoldim. Bu xayotimning eng yomon yigirma daqiqasidir” “Aytishlaricha, Pol Gaskoyn – yangi Jorj Best emish. Nima, u ham uch nafar dunyo go'zali bilan birga bo'lganmikan?” “Bir kun Gaskoyning IQ si uning libosidagi nomeridan ham past, deb aytgandim. U bo'lsa mendan “IQ nima?” deb so'radi” “Uning juda omadi kelgan. Aslida u oddiy bir futbolchi, shunchaki, futbolda haqiqiy shaxsiyatlar bo'lmagan davrlarda paydo bo'lgandi” (Kevin Kigan haqida) “Umrim davomida ichgan barcha shampan vinolaridan voz kesgan bo'lardim – atigi bir marotaba, “Old Trafford”da, u bilan evrokubok o'yinida birga o'ynash uchun” (Erik Kantona haqida) “Chap oyoqda tepa olmaydi, boshi bilan yomon o'ynaydi, to'p uchun kurashish qo'lidan kelmaydi, ko'p gol urmaydi, ammo boshqa jihatlarda unga gap yo'q” (Devid Bekxem haqida) “Agar men xunuk bo'lib tug'ilganimda, siz Pele haqida umuman eshitmagan bo'lardingiz” “Mening oyog'imga tepishyaptimi, demak men ulardan kuchliroqman” “Men kabi o'lmanglar!” (Bestning so'nggi murojaati) Manba: www.stadion.uz.Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!