Mourino "Liverpul"ni boshqarishga juda yaqin kelganini bilasizmi?
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 351

Jurnalist Nikolya Vilas "Mourinho: Behind the Special One" nomli kitobida portugaliyalik mutaxassisning 2004 yili "Chelsi" klubiga o'tish tafsilotlarini oshkor qildi. Bu haqda ESPN portali xabar bermoqda.
Mourinoning sobiq maslahatchisi Xorxe Baydekaning so'zlariga qaraganda, Joze "Portu"ning qolgan murabbiylari singari "Liverpul" bilan kelishib qo'ygandi. Joze mavsum yakunlanganidan keyin "qizillar"ni qabul qilib olish kerak edi, biroq, "Liverpul"ning o'sha paytdagi bosh murabbiyi Jerar Ule bilan shartnomani buzish uchun 15 kun muddat talab etilayotgandi. Keyin Jorje Mendesh Jozega "Chelsi" klubidan taklif bo'layotganini, "ko'klar" ko'proq pul taklif qilayotganlarini aytib qoldi.
Kitobda yozilishicha, Mourino "Chelsi" xo'jayini Roman Abramovich bilan atigi ikki marta uchrashgan: may oyida bo'lib o'tgan EChLning yarim finali oldidan va keyingi safar EChLning finalida qo'lga kiritilgan g'alabadan keyin.

Bosh sahifaga
203