Kurtuaning kumirlari kimlar?
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 369
Madridning “Real” klubi darvozaboni Tibo Kurtua yoshlikdan kimga muxlislik qilganini aytdi.
“Men Kasilyasning “Real”dagi o'yinlarini kuzatib borganman. U sababli men darvozabon bo'lib etishdim. Menga “Real” juda yoqar edi. 14 yoshga kirganimda Van der Sarga e'tibor qaratganman. U ham ozg'in va baland bo'ylik edi. Bizning uslubimiz o'xshash”, - deydi Kurtua.
Eslatib o'tamiz, Kurtua “Real” safida joriy mavsum ajoyib o'yin ko'rsatmoqda. U 27ta o'yinda maydonga tushib, 19ta gol o'tkazib yuborgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!