Konstantinos Karetsas Dortmundning «Borussiya» klubiga o'tishga juda yaqin turibdi. Gazzetta.gr ma'lumotlariga ko'ra, Germaniya klubi 18 yoshli yarim himoyachining transferi bo'yicha «Genk» bilan printsipial kelishuvga erishdi.

Muzokaralarning yangi bosqichidan so'ng «Borussiya» o'z taklifini yaxshiladi va Belgiya klubi bilan murosa topa oldi. Karetsasning o'zi esa dortmundliklar bilan besh yillik shartnomani kelishib bo'lgan.

Futbolchi yaqin orada Germaniyaga yo'l olishi va mavsumoldi tayyorgarlikda jamoaga qo'shilishi kutilmoqda. Bonuslarni hisobga olganda, kelishuv summasi 35 million evrodan oshadi.

O'tgan mavsumda Karetsas 49 ta o'yinda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 18 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Manba: Stadion.uz