MLS futbolchilarning maoshlarini keskin kamaytirmoqchi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 270

AQShning MLS chempionati rahbariyati Liga futbolchilari assotsiatsiyasi (MLSPA) bilan futbolchilarning maoshlarini qisqartirish borasida muzokara olib bormoqda. Bunga sabab, koronavirus pandemiyasi. Bu haqda ESPN nashri xabar tarqatdi.
Manbaning yozishicha, kecha, 16 aprel kuni tomonlar videokonferentsiya o'tkazdilar. Uchrashuvda mobaynida mavsumni davom ettirish varianti, shuningdek, futbolchilarning maoshlarini kamaytirish variantlari muhokama qilindi.
Qayd etilishicha, MLS rahbariyati futbolchilarning maoshlarini minimum 50 foizga kamaytirilishini so'radi. Bu reaj faqatgina mavsumning bir qismi bekor qilingan taqdirdagina amalga oshishi mumkin. Agar mavsum davom ettiriladigan bo'lsa, maoshning kamaytirilishi ahamiyat bo'lib qoladi.

Bosh sahifaga
186