De Bryuyne koronavirusga chalinganmidi?
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 342

Angliyaning "Manchester Siti" klubi yarim himoyachisi Kevin de Bryuyne u ilgari koronavirus bilan og'riganini istisno qilmadi.
Gap shundaki, belgiyalik futbolchi va uning oilasi kasal bo'lgan. Lekin futbolchi bu koronavirusmi yoki yo'qmi, buni aniq bilmaydi.
"Menda hammasi joyida. Oilam ikki hafta mobaynida kasal bo'ldi, gohida yaxshilandi, gohida yomonlashdi. Ammo, hozir barchamiz sog'ayib ketdik. Biz koronavirusga chalinganmidik yoki yo'qmi, bilmaymiz, lekin hozir hammamiz yaxshimiz", - dedi de Bryuyne Sky Sports portaliga bergan intervyusida.
Eslatib o'tamiz, ayni paytgacha dunyo bo'yicha koronavirusga chalingan bemorlarning soni 2 231 792 tani tashkil qilmoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
186