Ibrohimovich "Milan" safida qoladigan bo'ldimi?
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 172
Shvetsiyalik hujumchi Zlatan Ibragimovich "Milan" klubi bilan shartnomasini uzaytirishni rejalashtirmoqda deya xabar tarqatmoqda Corriere dello Sport.
Manbaning yozishicha, agar kelayotgan transfer bozorida "Milan" rahbariyati yaxshi xaridlarni amalga oshirsa, u holda 38 yoshli futbolchi "rassonerlar" bilan shartnomani uzaytiradi.
Ibrohimovichning "Milan" bilan amaldagi shartnomasi shu yilning 30 iyun kuni o'z yakuniga etadi. Zlatan joriy mavsumda 10 ta uchrashuvda maydonga tushdi va 4 ta gol kiritish bilan bir qatorda bitta golli pasni amalga oshirdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!