Ispaniya klublari UEFAga mamlakat futboli rahbariyati ustidan arz qilishdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 248
El Mundo Deportivo portalining tarqatgan ma'lumotiga qaraganda, Ispaniyaning "Xetafe" klubi rahbariyati Ispaniya Qirollik futbol federatsiyasi joriy mavsum oxirigacha o'ynalmasa, ayni paytdagi turnir jadvalini inobatga olib klublarni evrokuboklarga taqsimlashidan norozi bo'lmoqda.
Gap shundaki, madridliklar "Real Sosedad" klubi bilan bir xil ochko jamg'arib, to'plar nisbatiga ko'ra 5-o'rinni egallab turishibdi.
Marca nashrining bergan xabariga ko'ra, "Valensiya" klubi ham bu borada UEFAga xat yo'llashgan ulgurdi. O'sha arizaning nusxasi Ispaniya Qirollik futbol federatsiyasiga (RFEF) ham jo'natildi. "Valensiya" ham La Liga rahbariyatining pozitsiyasiga qo'shildi, chunki, La Ligadagi o'rinlarga RFEF emas, balki, La Liga rahbariyati javobgar bo'lishi kerak degan fikrdi.