Italiya futboli rahbari klublar qachondan mashg'ulotlarga qaytishini ma'lum qildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 203
Italiya Futbol Federatsiyasi (FIGC) rahbari Gabriele Gravina koronavirus pandemiyasi sababli to'xtab qolgan Italiya chempionatining hozirgi holati haqida fikr bildirdi.
Avvalroq, Italiya bosh Vaziri Vinchentso Spadafora klublarni may oyidan mashg'ulotlarni boshlashi mumkinligi haqida gapirgandi.
«Men ham xuddi Spadafora kabi umid qilamanki, klublarimiz mashg'ulotlarni 4 may kunidan boshlaydi. Boshqa tomondan olib qaraganda, Italiya qiyin ahvolga tushib qolganini juda yaxshi tushunib turibman, bu nafaqat sportga, balki, iqtisodiyotga ham tegishli».
«Biz to'g'ri yo'lni topib, to'g'ri qarorni qabul qilishga aminman. Mavsumni erta yakunlash tarafdorlari futbolni yoqtirishmaydi va bizni kelajakka bo'lgan umidimizdan mahrum qilishmoqchi. Men o'z manfaatlarimizni oxirigacha himoya qilaman» - Gravinaning so'zlaridan iqtibos keltirmoqda Football Italia.