Raneri «Chelsi» klubida ishlaganidan afsuslanadimi?
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 314

Italiyaning «Sampdoriya» klubi bosh murabbiyi Klaudio Raneri o'z vaqtida Londonning "Chelsi" klubini boshqarganidan afsusda ekanligini yashirmadi.
«To'rt yil mobaynida «Chelsi» klubining bosh murabbiyi bo'lib ishladimi va shu vaqt mobaynida "ko'klar" safiga kelib xato qilganimni his qilib yurdim. Ularning hisobida APL chempionligi va UEFA Kubogi g'olibligi bor edi, ammo o'sha paytda bu jamoa o'sha yutuqlarini takrorlaydigan kuchga ega emasdi. Bizning ishlarimiz orqaga ketgan paytda meni ishdan bo'shatishdi. O'shanda ko'nglim og'rigandi, shu sababli keyingi yili hech qaerda ishlamadim, keyinchalik esa "Parma" jamoasini boshqardim.
"Parma" jamoasida ish boshlashimga turmur o'rtog'im ko'ndirgandi. O'sha paytda «Parma» A Seriyada qolish uchun kurashayotgandi. To'g'risini aytadigan bo'lsam, "Lester" bilan APLni yutgandan ko'ra, A Seriyada qolish qiyinroq bo'lgandi», — dedi Klaudio Raneri.

Bosh sahifaga
204