UEFA kelasi mavsumdagi Chempionlar ligasi guruh bosqichini oktyabr oyida boshlamoqchi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 393
Evropa futbol assotsiatsiyalari ittifoqi (UEFA) Chempionar ligasining 2020/2021 yilgi mavsumi guruh bosqichi qachondan boshlashi aniq bo'ldi.
Sport.es tarqatgan xabarga ko'ra, UEFA guruh bosqichining 1-tur o'yinlarini 20 oktyabr, seshanba kuni o'tkazmoqchi. 22 oktyabr, payshanba kuni esa Evropa ligasi guruh bosqichiga start beriladi. Bu esa odatdagi sanaga nisbatan deyarli bir oy kech demakdir.
Saralash bosqichi esa iyul oyi oxiri va avgust oyining ilk kunlarida boshlanishi rejalashtirilmoqda. Saralashning 2-bosqichi 11–13 avgust kunlari o'tkaziladi.
Eslatib o'tamiz, EChL finali 29 avgust, Evropa ligasi finali esa 26 avgust kuni o'tkazilishi haqida ma'lumot berilgan edi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!