Buffon yangi shartnoma borasida «Yuventus» bilan kelishuvga erishdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 466
«Yuventus» darvozaboni Janluidji Buffon va klub prezidenti Andrea Anelli 42 yoshli futbolchi bilan yangi shartnoma borasida kelishib olishdi. Bu haqda "Tuttosport" xabar tarqatdi.
Manbaga ko'ra, tomonlar o'tgan haftada telefon orqali suhbatlashishgan va 2021 yilning yozigacha hamkorlikni davom ettirish borasida kelishuvga erishishgan. Yangi shartnomada hech qanday o'zgarishlar bo'lmaydi va hozirgi shartnomadagi bandlar o'z kuchida qoladi.
Epidemiologik vaziyat iziga tushgandan keyin shartnoma rasmiylashtiriladi. Buffon ushbu mavsumda turinliklar safida 11ta o'yinda maydonga tushib, 9ta gol o'tkazib yubordi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!