Belgiya terma jamoasi futbolchisi volontyorlik bilan shug'ullanmoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 299
Belgiya terma jamoasi va Italiyaning «Kalyari» klubi yarim himoyachisi Raja Nainggolan volontyor sifatida ish boshladi. Bu haqda "Football Italia" xabar tarqatdi.
Futbolchi o'z ishini yo'qotgan va boshqa muhtoj insonlarga oziq-ovqat etkazib berish bilan shug'ullanmoqda. Bir necha kun avval Sardiniya viloyati rahbarlari aholiga murojaat qilib, ko'ngilli sifatida ishlashga taklif qilgan edi. Nainggolan bu taklif javob o'laroq xayrli ishga o'z hissasini qo'shmoqda.
31 yoshli futbolchi ushbu mavsumda «Kalyari» safida 21ta o'yinda maydonga tushib, 5ta gol urdi va 6ta golga uzatma berdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!