Venger—Fergyuson, Zidan—Materatstsi. Futbol olamida XXI asrning eng esda qolarli janjallari reytingi tuzildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 305

FourFourTwo portali futbol olamida XXI asrning eng yorqin 50 ta tortishuvi ro'yxatini e'lon qildi.
Unda «Arsenal» sobiq bosh murabbiyi Arsen Venger va «Manchester Yunayted» sobiq ustozi Aleks Fergyuson o'rtasidagi kelishmovchilik birinchi o'ringa loyiq ko'rildi.
Ikki afsonaviy mutaxassisning o'tgan o'n yillik boshidagi keskin munosabati Zayniddin Zidan va Marko Materatstsining JCh-2006 finalidagi janjalidan o'zib ketdi.
Vanda Nara sabab kelishmovchilikka uchragan argentinaliklar Mauro Ikardi va Maksi Lopes janjali kuchli uchlikdan o'rin oldi.
Kuchli o'nlik quyidagicha ko'rinish oldi:
Arsen Venger va Aleks Fergyuson
Zayniddin Zidan va Marko Materatstsi
Mauro Ikardi va Maksi Lopes
Roy Kin va Mik Makkarti
Nikolya Anelka va Raymon Domenek
Lotar Matteus va Shtefan Effenberg
Roy Kin va Patrik Vieyra
«Nyukasl» muxlislari va Mayk Eshli
Arsen Venger va Joze Mourino
Karim Benzema va Dide Desham
Luis Suares — Patris Evra, Zlatan Ibrahimovich — Xosep Gvardiola, Joze Mourino — Iker Kasilyas, Oliver Kan — Yens Lemann, Jon Terri — Ueyn Brij, Serxio Ramos — Xerard Pike, Zlatan Ibragimovich — Rafael van der Vart, Garet Beyl — «Real», Neymar — Edinson Kavani, Pol Pogba — Joze Mourino va «Manchester Siti» — UEFA qarama-qarshiliklari kuchli o'nlikka kira olmadi. To'liq ro'yxat bilan ushbu havolada tanishing.

Bosh sahifaga
261