"MYu"ning bitta rejasi barbod bo'ldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 355
Italiyaning «Latsio» klubi yarim himoyachisi Sergey Milinkovich-Savich yozgi transfer oynasida jamoani tark etmaydi deya xabar tarqatmoqda La Gazzetta dello Sport.
«Latsio» klubi prezidenti Klaudio Lotito yarim himoyachini juda qadrlaydi va uni 130 million evroga sotishni xohlaydi. Qolaversa, futbolchining o'zi "Latsio" bilan EChLda o'ynashni istamoqda va shuning uchun jamoasini o'zgartirishga shoshilmayapti.
Avvalroq Milinkovich-Savichga «Manchester Yunayted», «PSJ» va «Yuventus» klublaridan jiddiy takliflar bo'layotgandi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!