APL klublari 30 iyunga qadar mavsumning yakunlanishini istashmoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 323

Angliya premer-ligasi klublari juma kuni navbatdagi yig'ilish o'tkazishadi. Unda mavsumni davom ettirish masalasi ko'rib chiqiladi.
Aksariyat jamoalar mavsum 30 iyungacha yakunlanishini istashmoqda. Chunki, aynan shu kuni futbolchilar bilan tuzilgan shartnomalar va ijara muddati yakuniga etadi. O'yinchilar esa 1 iyul kuni jamoani tark etishlari mumkin. Natijada klublar iyul va avgust oyida o'tkaziladigan uchrashuvlarda tarkib borasida muammolarga duch kelishadi.
FIFA shartnomasi 30 iyun kuni yakuniga etadigan o'yinchilar bilan shartnomani mavsum oxiriga qadar uzaytirishni maslahat bergan bo'lsa-da, barcha futbolchilar ham bunga ko'nmasligi mumkin.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
250