Ronalduning 11 yil oldingi goli yodingizdami? (video)
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 608

2009 yilning 16 aprel kuni Krishtianu Ronalduning ajoyib aniq zarbasi «Manchester Yunayted» klubiga EChLning 1/4 final bosqichida «Portu» klubini mag'lub etishga yordam bergandi.
O'sha uchrashuvning dastlabki bahsi Manchester shahrida bo'lib o'tgandi va 2:2 hisobi qayd etilgandi. Bu natija javob uchrashuvidan oldin «Portu»ni favorit ekanligini ko'rsatardi, chunki, javob uchrashuvi Portugaliyada bo'lardi.
Javob uchrashuvining 6-daqiqasida Ronaldu Elton qo'riqlayotgan darvoza tomon kuchli zarba yo'llaydi va o'z maqsadiga erishadi.
Ronalduning o'sha goli uchrashuvda yagonaligicha qolgandi va «Manchester Yunayted» EChLning yarim finaliga yo'l olgandi.
Shikarniiy gol ot Ronaldu v vorota Portu proizoshyol 11 let nazad ???????????? pic.twitter.com/R6VgHOmDlR
— Futbol 1/2/3 (@footballua_tv) April 16, 2020
Bosh sahifaga
247