Kutilmagan bayonot: Italiya A seriyasi bir oy ichida qayta boshlanishi mumkin!
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 333

Italiya sog'liqni saqlash vaziri Jovanni Retstso A seriya muxlislari qalbida umid uchqunini yoqadigan bayonot berdi.
"Ayni paytda A seriya o'yinlarini qayta tiklash mumkin emas, ammo bir oy ichida mavsumni davom ettirish mumkin. Ammo jiddiy choralar qo'llagan holda yopiq eshiklar ortida o'yinlarni o'tkazish mumkin.
Chempionatni davom ettirish riskni yuzaga chiqaradi. Maqsadimiz — jiddiy qoidalar o'rnatgan holda bu riskni maksimal darajada kamaytirish.
Futbolchilar, xodimlar va futbol ommasining barcha a'zolari uchun xavfni minimumga tushirish uchun Italiya futbol federatsiyasi choralarni ishlab chiqmoqda", – dedi Retstso "Football Italia" nashriga bergan intervyusida.
Rejaga ko'ra, o'yinchilar doimiy ravishda koronavirusga testdan o'tkazib turiladi, ular mavsum oxirigacha xalqdan ajralgan holda klub bazasida istiqomat qilishadi.

Bosh sahifaga
223