So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
Bundesliga. «Bavariya» yilni omadli boshladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 11092
Germaniya chempionatining 18-turidan o'rin olgan «Xoffenxaym» – «Bavariya» uchrashuvi o'z nihoyasiga etdi. Mazkur bahsda myunxenliklarning qo'lib baland keldi.
Uchrashuvning 34-daqiqasida Leon Gorettska mehmonlarni oldinga olib chiqqan bo'lsa, birinchi bo'lim yakunlanishi arafasida Gorettska dublini nishonladi.
Ikkinchi bo'lim debyutida maydon egalari Niko Shultsning aniq zarbasidan so'ng hisobni qisqartirishga muvaffaq bo'lishdi. Biroq 87-daqiqada Robert Levandovski o'yinga nuqta qo'ygan golga muallif bo'ldi.
Bundesliga, 18-tur
Xoffenxaym – Bavariya 1:3 (0:2, 1:1)
Gollar: 0:1 – 34 Gorettska, 0:2 – 45 Gorettska, 1:2 – 59 Shults, 1:3 – 87 Levandovski.
Xoffenxaym – Baumann, Fogt (Grillich, 56), Posh, Xyubner, Shults, Demirbay (Gayger, 56), Bitenkur, Kaderjabek, Belfodil, Kramarich, Joelinton (Salai, 79).
Bavariya – Noyer, Zyule, Alaba, Kimmix, Xummels, Gorettska, Martines (Boateng, 90), Alkantara (Xames, 78), Koman (Gnabri, 73), Levandovski, Myuller.
Ogohlantirishlar: Fogt (26), Grillich (57), Posh (64), Kimmix (68), Martines (84).