Yovich APLga yo'l olishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 258
“Arsenal” “Real Madrid” hujumchisi Luka Yovichni xarid qilishga urinib ko'radi. Bu haqda Mundo Deportivo nashri yozmoqda.
Manbaning xabariga ko'ra, Yovich xizmatiga “to'pchilar” bosh murabbiyi Mikel Artetaning shaxsan o'zi qiziqmoqda. Londonliklar Yovichni Per-Emerik Obameyangga o'rinbosar sifatida ko'rmoqda.
Eslatib o'tamiz, Yovich “Real”dagi dastlabki mavsumida o'z o'ynini topa olmayapti. U joriy mavsum barcha musobaqalarda 24ta o'yinda maydonga tushib, 2ta gol urgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!