«Barselona» sobiq vitse-prezidenti: «Gapimga javob beraman: isbotlarim bor»
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 395
«Barselona» klubi sobiq vitse-prezidenti Emili Ruso yana bir marta jamoa prezidentini ayblab chiqdi.
"Klub turli kompaniyalar bilan tuzilgan shartnomalar haqidagi barcha ma'lumotlarni o'chirib tashladi. Shuning o'ziyoq jamoada korruptsiya mavjudligini anglatadi. Mening so'zlarim haqiqat va buni asoslab bera olaman.
Men klubga qoidabuzarlik haqida aytgan edim, afsuski, bu so'zlarim mening iste'fomga sabab bo'ldi. Hozirda mening manfaatlarimni himoya qilish bilan advokatim shug'ullanmoqda», — dedi Ruso.
Eslatib o'tamiz, Emilio Ruso avvalroq "Barsa" rahbariyatini jamoadan pul o'marishda ayblab chiqqan bo'lsa, klub uning ustidan sudga shikoyat qilgan edi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!