Yaxshiboevga Polsha klubi qiziqish bildirmoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 421

Belarusning «Energetik-BGU» klubi hujumchisi Jasur Yaxshiboevga Polsha chempionati vakili «Rakuv» klubi qiziqish bildirmoqda. Bu haqda Weszlo.com sayti xabar tarqatdi.
Transfermarkt o'zbekistonlik futbolchining transferini 300 000 evroga baholagan. Yaxshiboev «Paxtakor» o'yinchisi bo'lib, ijara asosida «Energetik-BGU» safida o'ynamoqda.
«Rakuv» klubi Polshaning yuqori divizioni hisoblangan — Ekstraklasning ushbu mavsumida 26-turdan keyin 36 ochko bilan 9-o'rinni egallab turgan edi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
284