Italiya sog'liqni saqlash vaziri o'rinbosari: «A seriyada mavsumni qayta boshlashning ehtimoli juda past»
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 399

Italiya sog'liqni saqlash vaziri o'rinbosari Perpaolo Sileri Italiya chempionati qayta boshlanishiga shubha bilan qarashini aytib o'tdi.
«Chempionat qayta boshlanishining ehtimoli juda past», — deya Silerinin so'zlaridan iqtibos keltirdi jurnalist Tankredi Palmeri Tvitter orqali.
Eslatib o'tamiz, Italiya chempionati 26-turdan keyin to'xtab qolgan. «Yuventus» klubi musobaqa jadvalida 63 ochko bilan peshqadamlik qilmoqda. Turinliklar ikkinchi o'rindagi «Latsio»ni 1 ochko ortda qoldirishmoqda.
So'nggi ma'lumotlarga qaraganda, Italiyada koronavirus yuqtirganlar 160 mingdan, undan vafot etganlar soni 21 mingdan oshdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
281