Pogrebnyak: «O'zbekistonda 3 oy maosh olmaslik odatiy hol»
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 302
Toshkentning “Lokomotiv” klubining rossiyalik legioneri Kirill Pogrebnyak sputniknews.ru nashri uchun intervyu berib o'tdi. “Temiryo'lchilar” hujumchisi suhbat davomida o'zbek futboli, klublar saviyasi va to'lanmayotgan maoshlar borasida o'z fikrlari bilan o'roqlashdi.
Oilam bilan aloqadaman
— Kirill,siz mana 4 oydan beri O'zbekistonda istiqomat qilyapsiz. Siz avval to'p surgan Shvetsiya bilan solishtirganda, O'zbekiston umuman boshqa sayyoradek his uyg'otmayaptimi?
— Albatta, farq juda katta. Barcha joyda o'zining plyusi va minusi mavjud. Agar texnologiya borasida so'z ketsa, Shvetsiya O'zbekistondan shunchalar ilgarilab ketganki, ularni solishtirishning o'zi g'alati. Misol uchun, siz Shvetsiyada taksi chaqirsangiz “Mercedes” yoki “Tesla” rusumidagi mashinalardan biri keladi. Bu erning odamlari bunday mashinalar Shvetsiyada taksi sifatida harakatlanishidan bexabar ham bo'lishsa kerak.
— Sizni jamoa qanday qabul qildi? Jamoadoshlaringiz bilan tezda til topishib ketdingizmi?
— Jamoa meni juda yaxshi kutib oldi. Ularning deyarli barchasi rus tilida so'zlashadi. O'zbekstonda barcha rus tilida so'zlashadi. Shu sababli adaptatsiya borasida muammolar kelib chiqmadi.
—O'zbekiston oshxonasiga ko'nikishga ulgurdingizmi?
— Mahalliy oshxona menga juda manzur keldi. Shunga qaramay, bu taomlar spotchilar uchun to'g'ri kelmaydi. Juda ham yog'li ekan.
— O'zbekistonda ham virus sababli pauza e'lon qilinganmi?
— Ha,bizda ham musobaqalar to'xtatilgan. Bu qancha davom etishidan xabarimiz yo'q. Har xil mish-mishlar yuripti, biroq aniq bir fakt yo'q. Shunga qaramay, ko'chaga chiqish taqiqlanmagan. Shu sababli har kuni katta masofalarga yugurish orqali o'z sport formamni saqlab turishga intilyapman.
— Sizning oila a'zolaringiz va do'stlaringiz Rossiyadagi virus bilan bog'liq yangiliklarni etkazib turishibdimi?
— Oila a'zolarim bilan doimo aloqadaman. Men hozir Toshkentdaman. Butun oilam esa, Moskvada. Aslida Moskvada ehtiyot choralarini endigina ko'rishni boshlashdi. Bu erda barchasiga juda jiddiy e'tibor berishmoqda. Karantin qoidalariga rioya qilmaganlar jarimaga tortilmoqda.
— Siz Rossiyadan to'g'ri Shvetsiyagayo'l oldingiz. Boshqa variantlar ham bor ediku?!
— Ha,men ko'rikdan o'tish maqsadida avval Qozog'istonga bordim. Tan olish lozim, futbolga oid bo'lmagan sabab tufayli u erda qolmadim. Shvetsiyada esa, futbolchilik mahorati va insoniy hislar birinchi o'rinda bo'lgani uchun meni olib qolishdi.
— FNL, Shvetsiya birinchiligi va O'zbekiston chempionatlari haqida nimalar deya olasiz?
— O'zbekiston haqida to'liq biror bir fikr bildirishga hali erta. Bu erda atigi 3 ta o'yinda maydonga tushdim xolos. Shunga qaramay, musobaqa va raqiblarning saviyasi chakki emasligi shundoq ko'rinib turibdi. FNLda asosan kurashlarga boy futbol o'ynaladi. Shvetsiyadagi futbolchilar barchasini pas orqali amalga oshirishga o'rganib qolgan. U erda qo'rquv degan narsaning o'zi yo'q. Ularning mentaliteti umuman o'zgacha.
— Yaqindagina “Bunyodkor” klubi bosh murabbiyi Vadim Abramov shogirdlariga klub bir necha oydan beri maosh to'lamayotganini rasman ma'lum qildi. Bu O'zbekistonda odatiy holmi?
— O'zbekiston va Rossiya bu borada bir-birga juda o'xshash mamlakatlar. Bu erda ham 3 yoki 4 oy futbolchilar maoshsiz harakat qilishi katta sensatsiya emas. Nima ham qila olar edik. Hozir barchadan maosh bilan muammolar mavjud.
— O'zbekiston chempionatida to'p surib evropalik skautlarning nazariga tushish mumkinmi?
— Aslida bu juda mushkul ish. Shunday bo'lsada, jamoang Osiyo chempionlar ligasida ishtirok etsagina skautlar nishoniga tushishing mumkin. Unda ham asosanseni Osiyo klublari kuzatadi. Nima bo'lgan taqdirda ham O'zbekiston — Osiyoga yo'l ochuvchi mamlakat.
Albatta, bu erdan Evropaga yo'l olish ham mumkin, biroq buning uchun futbolchidan katta mahorat va xohish talab etiladi. Agar evropalik skautlar e'tiborida bo'lsangiz, demak,sizga kamida Osiyoning 4taklubi qiziqish bildirayotgan bo'ladi.
— Yaqinlardan uzoqda, barchasi qanday yakun topishini bilmay turib hayot kechirish qiyinmi?
— Bu oson emas. Shunday bo'lsa-da, qo'limdan hech narsa kelmasligini anglagan xolda sovuqqonlikni yo'qotmaslikka harakat qilyapman. Bu mavzu haqida bosh qotirgim kelmaydi. Qancha o'ylasam, shunchalar ko'nglim g'ash tortadi. O'zimni chalg'itish maqsadida ingliz tilini o'rganishni boshladim.
Shunday bo'lsada, doimo xayolingni bir erga yig'ishning uddasidan chiqa olmaysan. 2 yoki 3 oydan so'ng, nimalar o'zgarib ketishi mumkinligini tasavvur qilib ko'rsam, stressga tushib qolishim mumkin. Barchasini engib o'tishim lozim.
— Toshkentdagi hayoting haqida qisqacha to'xtalib o'tsang.
— Uyim yaqinida katta istirohat bog'i mavjud. O'sha erda mashg'ulot o'tkazyapman. O'zimni yaxshi sport formada salqab turishim lozim. Chempionat ertaga boshlanib qolishi ham hech gap emas. Balki yarim yildan so'ng yana maydonga tusharman. Anig'ini hech kim ayta olmaydi. Shunday ekan, ortiqcha vazn to'plash o'rniga mashqlarga urg'u beryapman.
— Karatin qoidalari-chi?
— 3 oydan beri karantin rejimida hayot kechiraman. Meni ko'rgani hech kim kelmaydi. Men ham hech kimni ko'rgani bormayman. Barchasiga jiddiy yondashuv lozim.
Manba: Stadion.uz