"Chelsi" sobiq futbolchisi: "Mourinoning xayrlashgani kirgani - dafn marosimiga o'xshab ketgandi"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 304

Londonning "Chelsi" klubi sobiq futbolchisi Stiv Siduell Joze Mourino jamoani 2007 yilning sentyabr oyida qanday tark etganini xotirladi.
- Hech qanday keskinlikni his qilmadim, muammolar bor deb o'ylamagandim. Jamoa ichida hammasi yaxshi edi. Futbolchilar hamjihat edi, hech kim Mourinoga qarshi chiqmagandi, Joze nazoratni qo'ldan chiqarmagandi. Xayrlashish uchun kiyinish xonasiga kirganida g'alati bo'ldi. Kiyinish xonasi jim edi, hatto chivin uchgani eshitilardi. Xuddi dafn marosimiga o'xshardi. Keyin Drogba, Lempard va Terridek buyuk futbolchilarning yig'layotganini ko'rganingizda, o'zingizni ushlab turolmaymiz. Men ham xafa edim. Bu rostdan ham g'alati bo'lgandi, - dedi Siduell The Athletic bilan suhbatda.

Bosh sahifaga
264