Manchesterning ikki klubi "Leyptsig" himoyachisini nishonga oldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 265

Sky Sports portalining tarqatgan xabariga qaraganda, "Manchester Siti" va "Manchester Yunayted" klublari Germaniyaning "Leyptsig" klubi markaziy himoyachisi Dayo Upamekanoga jiddiy qiziqish bildirishmoqda.
21 yoshli frantsiyalik Evropada eng iqtidorli markaziy himoyachi sifatida tilga olinmoqda, shu sababli, Evropaning bir qator kuchli klublari skautlari nishonida turibdi.
"MYu" rahbariyati Upamekanoni Kris Smolling va Fil Jonsga munosib o'rinbosar sifatida ko'rayotgan bo'lsa, "shaharliklar" anchadan beri markaziy himoyaga jiddiy futbolchi izlashmoqda.
21 yoshli Upamekanoning transfer narxi 60 million evroni tashkil qilishib mumkin. Uning jamoasi bilan amaldagi shartnomasi keyingi yilning yozida o'z yakuniga etadi.

Bosh sahifaga
276