APLning davom ettirilish sanasi aniq bo'ldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 382
Angliya futbol rahbarlari to'xtab qolgan mavsumni 6 iyun sanasidan davom ettirishmoqchi. Ushbu sana APL, Chempionship, Ligi 1 va Ligi 2 klublariga taalluqli.
17 aprel kuni Premer-liganing 20ta klubi ishtirokida videokonferentsiya o'tkaziladi va jamoalar mavsumni davom ettirish grafigini muhokama qilishadi. Klublar may oyidan mashg'ulotga kirishishlari kutilmoqda.
Jamoalar qolgan uchrashuvlarni o'z stadionlarida o'tkazishi rejalashtirilmoqda. Ammo ishqibozlar o'yinlarga kiritilmaydi.
Shuningdek, qolgan bahslarning barchasi neytral hududda, xususan, «Uembli» stadionida o'tkazilish varianti ham ko'rib chiqilmoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!