Mane uchun 170 mln evro?
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 449
«Real» klubi yozgi transfer paytida «Liverpul» hujumchisi Sadio Maneni sotib olmoqchi. The Sun tarqatgan xabarga ko'ra, «Qirollik klub» rahbariyati 28 yoshli futbolchining agentlarini muzokaralar stoliga taklif qildi.
Taxminlarga ko'ra, madridliklar senegallik futbolchi uchun «Liverpul»ga 170 mln evro atrofida pul taklif qilishmoqchi. Agar ushbu transfer amalga oshsa, mersisaydliklar «PSJ» forvardi Kilian Mbappeni qo'lga kiritishga urinib ko'rishadi.
Mane ushbu mavsumda «Liverpul» safida barcha musobaqalar doirasida 38ta o'yinda maydonga tushib, 18ta gol urdi va 12ta golga uzatma berdi. Uning "qizillar" bilan shartnomasi 2023 yilga qadar tuzilgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!