Fellayni COVID-19dan sog'ayib, shifoxonadan chiqarildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 262
Xitoyning «Shandong Lunen» klubi yarim himoyachisi Maruan Fellayni shifoxonadan chiqdi.
Eslatib o'tamiz, «Manchester Yunayted» klubi sobiq futbolchisi 22 mart kuni koronavirusga chalingani aniqlangan edi. Belgiyalik futbolchi 3 hafta davomida shifoxonada yotdi. Endi u 14 kun davomida karantin muddatini o'taydi.
«Shifokorlar Fellaynining ahvolini baholab, uning sog'aygani haqida xulosaga kelishdi. U bugun shifoxonadan chiqdi», – deya xabar berdi klubi rasmiy sayti.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!